HOSPITAL CONCEPT Kasalxona loyihasi Sog‘liqni saqlash infratuzilmasi loyihasi Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Shukur Burhonov mahallasi, O‘zbekiston Yil: 2024 Kategoriya: Tibbiyot muassasasi, kasalxona, jamoat inshooti
Loyiha tavsifi
Ushbu taklif loyihasi Toshkent shahrining markaziy qismidan 7 km uzoqlikda joylashgan zamonaviy ko‘p qavatli tibbiyot muassasasini barpo etishga qaratilgan. Loyiha sog‘liqni saqlash tizimida yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish, qulay muhit yaratish va funksional zonalashga asoslangan.
Bino ikki asosiy tuzilmadan iborat:
Asosiy bino (8 qavat)
VIP bino (3 qavat)
Loyiha joyida hozirda 60% qurilish ishlari bajarilgan, tashqi va ichki dizayn ishlari yakunlanmagan.
Joylashuv va iqlim sharoiti
Hudud: Mirzo Ulug‘bek tumani, Shukur Burhonov mahallasi
Masofa: Amir Temur xiyobonidan ~7 km
Iqlim:
Qish: o‘rtacha haroratlar +5°C dan −8°C gacha
Yoz: maksimal +40°C, minimal +10°C
Bosh reja
Asosiy bino va VIP bino alohida kirishlarga ega
Harakatlanish qulayligi uchun funksional zonalash
Asosiy bino (8 qavatli)
1–7-qavatlar:
Tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘limlari
Palatalar
Shifokorlar xonalari
Uchrashuv va kutish zonalari
8-qavat:
Texnik xizmat va boshqaruv ofislari
VIP bino (3 qavatli)
Shaxsiy xizmat zonalari
Yopiq formatdagi palatalar
Shaxsiy maslahat va reabilitatsiya bloklari
Podval (−1 qavat) texnik va xizmat xonalari
Dizayn taklifi
Ichki dizayn:
Zamonaviy holl dizayni — ochiq, yorug‘ va ijtimoiylashuv uchun qulay
Standart xonalar — minimalistik, ergonomik va gigiyenik talablar asosida