BOYTEPA UY KONSEPTI Arxitektura byurosi: MIZAN Manzil: Boytepa hududi, Toshkent shahri, O‘zbekiston Yil: 2025 Kategoriya: Shaxsiy uy, turar joy arxitekturasi
Loyiha tavsifi
Boytepa shahridagi ushbu zamonaviy xususiy uy konsepti 1000 m² dan ortiq yer maydonida joylashgan bo‘lib, uyning umumiy yopiq maydoni 728,4 m² ni tashkil qiladi. Loyiha egasining hayot tarzi, estetik didi va qulaylik ehtiyojlaridan kelib chiqib ishlab chiqilgan.
Uy 3 darajali (podval, 1- va 2-qavatlar) qilib loyihalashtirilgan bo‘lib, har bir zonaning funksionalligi va mustaqilligi ta'minlangan.
Boytepa uyi zamonaviy shaxsiy hayotga moslashtirilgan, texnik va estetik jihatdan mukammal rejalashtirilgan. Ichki makonlar yorug‘lik va shamollatishga ochiq bo‘lib, yuqori sifatli materiallar va ergonomik yechimlar bilan to‘ldirilgan.
Tinchlik, komfort va oilaviy hayot uchun yaratilgan muhit
Har bir zonaning funksional mustaqilligi
Estetik jihatdan uyg‘un ichki va tashqi ko‘rinish
Issiqlik, xavfsizlik va energiya samaradorligi tamoyillariga asoslangan yechimlar