“Zarafshan City” turar joy majmuasi doirasida ishlab chiqilgan interyer dizayn konsepsiyasi zamonaviylik, qulaylik va oilaviy hayot uchun zarur bo‘lgan barcha ergonomik talablarga javob beradi. Loyihada mehmonxona, kabinet, oshxona, yotoqxona, bolalar xonalari, koridor, kir yuvish xonasi, garderob va hojatxonalarga alohida e’tibor qaratilgan.
Har bir xona o‘z funksiyasiga qarab yoritish, rang tanlovi va materiallar orqali ajratilgan bo‘lib, umumiy dizayn bir butun uslubda uyg‘unlashtirilgan.
Asosiy zonalar bo‘yicha qisqacha izohlar:
Mehmonxona
Keng va yorug‘, ochiq tarzda tashkil etilgan. Ko‘p o‘rinli yumshoq mebellar, neytral ranglar va bezak elementlari orqali mehmonlarni iliq kutib olish muhitini yaratadi.
Kabinet
Xotirjam ish muhiti yaratishga qaratilgan. Soddaligi va to‘g‘ri yoritilganligi bilan samarali mehnatga xizmat qiladi.
Oshxona
Zamonaviy uslubda, ergonomik joylashtirilgan mebel va texnika bilan jihozlangan. Oila a’zolarining birgalikda vaqt o‘tkazishiga qulaylik yaratadi.
Yotoqxona
Tinch, sokin ranglar, minimalist uslub va keng makon bilan ajralib turadi. Ota-onalar uchun alohida yotoqxona zonasi bo‘lib, u shaxsiy xonadon kabi mustaqil zonalarga ega: garderob va shaxsiy hojatxona.
Bolalar yotoqxonasi (Детская спальня)
Rang-barang, jonli detallar bilan bolalar xarakteriga moslashtirilgan. Yorug‘lik va o‘yin uchun ochiq zona yaratilgan.
Koridor
Uslubiy jihatdan boshqa xonalarni bog‘lovchi muhim element. Yorug‘lik chiziqlari, dekorsiz soddaligi orqali umumiy oqimni ushlab turadi.
Sanitar xonalar (Санузел)
Gigiyena standartlariga mos, oq va kulrang keramika bilan ishlangan. Har bir yotoqxonaning yonida alohida hojatxonalar mavjud.
Kir yuvish xonasi (Прачечная)
Kichik, ammo funksional maydon — texnik jihozlar bilan qulaylikni ta’minlaydi.
Garderob
Toza chiziqlar, yopiq shkaflar va maxsus tartiblangan saqlash zonalari bilan interyerda tartibni saqlashga xizmat qiladi.