Arxitektura byurosi: MIZAN Loyiha jamoasi: Ichki jamoa Manzil: Buxoro shahri, O‘zbekiston Yil: 2023 Kategoriya: Jamoat inshootlari, Aeroport
Loyiha tavsifi
Yangi Buxoro xalqaro aeroporti konsepsiyasi Buxoroning diniy, madaniy va tarixiy merosini zamonaviy me’morchilik orqali aks ettirishga qaratilgan. Loyiha vizual va kontseptual jihatdan O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘idagi yarim oy va 12 yulduz ramzlaridan, shuningdek, Buxoroning “Qubbatu-l-Islom” — “Islom gumbazi” degan tarixiy unvonidan ilhom olgan.
Binoning fasadi qadimiy Ark qal’asi obrazidan zamonaviy shaklda ilhomlangan bo‘lib, mintaqaviy identitetni ifodalaydi. Aeroport binosi funksional jihatdan aniqlik bilan zonalangan: terminalning har bir qavati yo‘lovchilarning oqimini qulay boshqarish uchun puxta ishlab chiqilgan.
Loyiha yondashuvi va g‘oyasi:
Buxoro shahrining tarixiy o‘rnini eslatuvchi bu inshoot zamonaviy aeroport bo‘lish bilan birga, turizm, madaniyat va islomiy me’rosni namoyish etuvchi muhim obyekt sifatida shakllantirilgan. Konsepsiyada orzu, ezgulik, milliy g‘urur va islomiy qadriyatlar bilan uyg‘unlashgan zamonaviy uslub mujassam.
Texnik parametrlar
Eslatma: ushbu loyiha kontseptual bo‘lgani uchun ba’zi maydon o‘lchamlari alohida ko‘rsatilmagan.
Tashqi fasad ilhomi: Ark qal’asi silueti
Vizual ramzlar: Yarim oy va 12 yulduz (O‘zbekiston bayrog‘i asosida)
Qavatlar soni: 3 (1, 2, -1 texnik qavat)
Funktsiyalar: Ketish / kelish / texnik zonalar
Servislar: Duty Free, Dam olish zonasi, Hojatxonalar, Pasport nazorati
Ichki zona ajratilishi: To‘liq funktsional rejalashtirish asosida