Ko‘p funksiyali turar joy majmuasi Manzil: Toshkent shahri, O‘zbekiston Yil: 2025 Kategoriya: Turar joy, savdo majmuasi, bank, ofis binosi, jamoat inshooti
Loyiha tavsifi
Mazkur loyiha Toshkent shahrining Yashnobod tumanida joylashgan “O‘zsanoatqurilishbank”ning mavjud uch qavatli binosi o‘rnida yangi, ko‘p funksiyali 23 qavatli bino qurilishini ko‘zda tutadi. Loyiha doirasida birinchi uch qavatda zamonaviy savdo-ko‘ngilochar markaz, keyingi ikki qavatda bank xonalari, yuqori qavatlarda esa turar joy xonadonlari joylashtiriladi.
Loyiha nafaqat shahar infratuzilmasini yaxshilash, balki 4000 ta yangi ish o‘rni yaratish, urbanistik ko‘rinishni zamonaviylashtirish va iqtisodiy rivojlanishga hissa qo‘shishni maqsad qilgan.
Joylashuv
Hudud: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Mahtumquli ko‘chasi
Amir Temur xiyobonidan masofa: 2400 m
Toshkent xalqaro aeroportidan masofa: 7000 m
Yaqin ob’ektlar: Navruz bog‘i, Davlat filarmoniyasi, O‘zsanoatqurilishbank, metro stansiyalari
Asosiy funktsional zonalar
Savdo-ko‘ngilochar markaz: 1–3-qavat (10 501 m²)
Bank xonalari: 4–5-qavat (1338,3 m²)
Turar joy majmuasi: 6–23-qavatlar (19 qavat, 9225,4 m²)
Yer osti avtoturargohi: 2 qavat (12 044 m², 340 ta mashina uchun)
Bolalar va sport maydonchalari: 640 m²
Turar joy statistikasi
3 xonali xonadon – 38 ta
2 xonali (1-toifa) – 66 ta
2 xonali (2-toifa) – 15 ta
2 xonali (3-toifa) – 13 ta
Pentxaus – 5 ta
Dizayn yondashuvi
Ichki dizayn
Har bir zonaning ichki dizayni uning funksiyasiga mos ishlab chiqilgan:
Savdo markazida keng yoritilgan holl va xizmat zonalari
Bank ofislarida zamonaviy va rasmiy muhit
Turar joylarda qulaylik, estetik soddalik va maksimal yoritish imkoniyati
Tashqi ko‘rinish
Shaharning markaziy qismiga uyg‘un zamonaviy fasad
Vertikal qavatlanish va yuqoriga intiluvchi ritm
Landshaft bilan uyg‘un holda bog‘langan fasad yechimlari
Loyiha maqsadi
Ushbu loyiha orqali:
Aholi zich yashaydigan hududda yangi turar joy imkoniyatlari yaratish
Ish o‘rinlari va tijorat faoliyatini rivojlantirish
Toshkent shahrining zamonaviy urbanistik ko‘rinishini shakllantirish ko‘zda tutilgan