Manzil: O‘zbekiston, tog‘li hudud (dengiz sathidan 940 m balandlikda) Yil: 2024 Kategoriya: Sog‘lomlashtirish oromgohi, sport va dam olish majmuasi, ta’limiy oromgoh
Loyiha tavsifi
“Youth Hub Resort” — to‘rt fasl davomida faoliyat yuritadigan sog‘lomlashtirish va dam olish oromgohi konsepsiyasi bo‘lib, u yoshlar, oilalar va barcha yoshdagi mehmonlar uchun mo‘ljallangan. Loyiha oromgoh va zamonaviy kurortni birlashtirgan holda sog‘lom turmush, sport, ekstremal faoliyat va ta’limni bir joyda mujassam etadi.
Oromgoh hududi iqlim va relyef xususiyatlari hisobga olingan holda rejalashtirilgan: yozda +30°C gacha, qishda -25°C gacha haroratda faol ishlay oladigan ko‘p funksiyali maydon.
Asosiy funktsional hududlar
Sport hududi
Suzish havzasi (yopiq va ochiq)
Futbol, tennis, voleybol, basketbol maydonchalari
Yugurish yo‘laklari, ochiq havoda mashg‘ulot klublari
Ekstremal zonalar
Ekstremal o‘yinlar parki
Qoyalarga chiqish, zipline, paintball, daraxt arqon yo‘laklari
Sog‘lomlashtirish zonasi
Spa markazi
Yoga zali
Terapevtik xizmatlar
Ovqatlanish zonasi
860 m² restoran (400 kishilik)
Ochiq havoda ovqatlanish joylari
Yashash va ta’lim
8 ta yotoqxona binosi: 240 o‘ringa mo‘ljallangan
To‘garak binolari, IT xonalar, kutubxona, sinfxonalar
Mehmonxona kompleksi
300 xonali:
80% standart (240 xona)
15% superior (45 xona)
5% VIP/suite (15 xona)
Umumiy maydon: 13,600 m²
Tamosha va tadbirlar zonasi
Sahna va konsert maydoni (2000 m²):
2000 kishi turgan holatda
750 kishi o‘tirgan holatda
Yopiq yashash hududi
4300 m² umumiy maydon
Har bir uy: 770 m²
Loyiha yondashuvi
Konsepsiya markazida “tabiat bilan uyg‘unlik”, “inklyuziv sport va madaniyat”, hamda “moslashuvchan, xavfsiz va qulay muhit” yotadi. Hududda barcha yoshdagi tashrif buyuruvchilar uchun sharoit yaratilgan. Loyihada shahar tashqarisida zamonaviy sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi markaz yaratish maqsad qilingan.
Texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar (TЭП):
Mehmonxona: 13,600 m², 300 xona
Restoran: 860 m² (560 m² mehmonlar maydoni, 300 m² xizmat zonasi)