Arxitektura byurosi: MIZAN Manzil: Toshkent shahri, O‘zbekiston Yil: 2024 Kategoriya: Oziq-ovqat xizmati, Tarmoq restoran, Jamoat inshooti
Loyiha tavsifi
Ushbu loyiha Toshkent shahrida joylashgan xalqaro Wendy’s tarmog‘i uchun zamonaviy restoran konsepsiyasini ishlab chiqishga qaratilgan. Loyihada tez ovqatlanish xizmatlarini samarali tashkil etish, mehmonlar uchun qulay va yorug‘ muhit yaratish hamda brend identitetini ifodalovchi fasad va interyer yondashuvi ko‘zda tutilgan.
Binoning asosiy g‘oyasi — soddalik, qulaylik va jozibadorlik tamoyillari asosida shakllantirilgan zamonaviy ovqatlanish joyini yaratish. Fasad materiallarida shaffof oynalar va yengil metall panellar, ichki makonda esa energiyani tejovchi yoritish tizimlari va ixcham mebel yechimlari qo‘llanilgan.
Loyiha joylashuvi
Hudud: Farhod ko‘chasi va Lutfiy ko‘chasi chorrahasi, Toshkent shahri
Atrofidagi muhim obyektlar: Dream Park, Oazis savdo markazi, Farhod bozori, Alisher Navoiy bog‘i, Milliy stadion
Xalqlar do‘stligi maydonidan masofa: ~6900 metr
Funktsional zonalar:
Kirish qismi – ochiq va yoritilgan zonasi bilan xaridorlarni kutib oladi
Oshxona – zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilgan
Ovqatlanish zali – soddaligi va funksionalligi bilan ajralib turuvchi, ichki va tashqi o'tirish joylariga ega
Favvora elementi – ochiq zonaga estetik qo‘shimcha sifatida xizmat qiladi
Texnik ko‘rsatkichlar (TЭП):
Binoning umumiy qurilish maydoni: 60 m²
Umumiy yopiq maydon: 150 m²
Zonalar: oshxona, xizmat ko‘rsatish zonasi, ovqatlanish zali, kirish maydoni, tashqi dekorativ elementlar (favvora)
Dizayn yondashuvi
Loyiha Wendy’s brendining global vizual identitetiga mos holda ishlab chiqilgan. Bunda nafaqat ovqat sifati, balki mehmonlarga yaratilgan umumiy muhit, xizmat tezligi va interyer estetikasi muhim rol o‘ynaydi.
Asosiy tamoyillar:
Minimalistik, yorug‘ va qulay muhit
Ergonomik joylashuv va harakat erkinligi
Tashqi muhit bilan integratsiya qilingan ochiq zonalar